Dalot Fernandeshning MYU afsonasiga aylanishiga ishonadi

19 mar 2020, 00:49
Portugaliyalik futbolchi o'z hamyurtini hurmat qiladi.

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Diogu Dalot jamoaga yaqinda kelib qo'shilgan vatandoshi Brunu Fernandesh haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"U yaxshi yigit, yaxshi o'yinchi. Brunu afsonaga aylanadi, bunga shubha yo'q.

U 25 yoshda, Italiya va Portugaliyada o'ynab katta tajriba to'plagan. Fernandesh nima qilayotganini yaxshi biladi, u "qizil iblis"ga aylanib xato qilmadi".

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports