Dahshat: Shvetsiyada 20 yoshli darvozabon otib o'ldirildi!

Aslanov Jasurbek
24 mar 2026
Shvetsiya futbolida qayg'uli xabar. Erebru shahrida mahalliy "Forvard" klubi posboni Xugo Mossxagen qurolli hujum qurboni bo'ldi.

Voqea shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi sodir bo'lgan. Voqea joyiga yetib kelgan policiya bir nechta o'q egan yigitni topgan. U zudlik bilan shifoxonaga etkazilgan bo'lsa-da, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmadi.

"Expressen" nashrining yozishicha, policiya ushbu qotillikni "xatolik" sifatida baholamoqda. Asosiy taxminga ko'ra, jinoyatchilarning nishoni futbolchi emas, balki uning yonidagi boshqa shaxs bo'lgan. Huquq-tartibot organlari Mossxagenning jinoiy guruhlarga aloqasi yo'qligini tasdiqlashdi.

Hozircha hech kim hibsga olinmagan va policiyada gumonlanuvchilar yo'q. Ayni damda tintuv ishlari va hududdagi kuzatuv kameralarini o'rganish jarayoni ketmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Expressen