Coca Cola Superligasi. Bugun 20-tur yakuniga etadi

Narzulla Saydullayev
22 sen 2019, 08:36
Bugun Coca Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan so'nggi ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi.


“Nasaf” – “Buxoro”
Hakamlar
: Valentin Kovalenko, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Farrux Yansupov
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov
Komissar: Laziz Qo'chqorov.

So'nggi uchta turda umuman gol ura olmagan "Nasaf" o'z maydonida musobaqa jadvalida eng so'nggi pog'onada borayotgan "Buxoro"ni qabul qiladi.

"Buxoro" ortda qolgan 19ta turda raqiblar darvozasiga 12ta gol urdi, "Nasaf" hujumchisi Humoyun Murtozaev esa 11ta gol urishning uddasidan chiqdi.

Bu ikki klub O'zbekiston chempionatida o'zaro 43 bor o'yin o'tkazishgan. Shundan 11tasida "Buxoro" g'olib chiqqan, 9ta bahsda durang qayd etilgan. Qolgan 23ta o'yinda "ajdarlar" muvaffaqiyat qozonishgan.

Birinchi davrada Buxorodagi uchrashuvda Humoyun Murtozaevning yagona goli "Nasaf"ga 3 ochko keltirgandi - 1:0.

"Buxoro" Qarshida hech qachon "Nasaf"ni mag'lub eta olmagan - 5 durang, 16 mag'lubiyat.




“Bunyodkor” – “Qizilqum”
Hakamlar
: Rustam Lutfullin, Abduhamidillo Rasulov, Jahongir Saidov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Ahmed Tillaev

Superligadagi so'nggi 2ta o'yinda g'alaba qozona olmagan ikki klub o'rtasidagi bahs. "Bunyodkor" "Lokomotiv" bilan durang o'ynadi va "Qo'qon-1912"ga yutqazdi. "Qizilqum" esa "Surxon"ga mag'lub bo'ldi va "Nasaf" bilan murosa ko'chasini tanladi.

Bu ikki jamoa O'zbekiston chempionatiga shu kunga qadar 25 marta to'qnash kelishgan. "Qizilqum" bu o'yinlarning atigi 3tasida g'olib chiqqan. 4 marta durang kuzatilgan hamda 18 marta "Bunyodkor"ning qo'li baland kelgan.

"Bunyodkor" o'z maydonida o'tgan 12ta uchrashuvning 10tasida g'olib bo'lgan. "Qizilqum" Toshkentda "Bunyodkor" bilan bir marta durang o'ynagan (2010 yil) va bir marta g'alaba qozongan (2017 yil).

Birinchi davrada Navoiyda kechgan bahsda "Qizilqum" Elguja Grigalashvilining yagona goli tufayli 1:0 hisobida g'alaba qozongandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia