Coca Cola Superligasi 18-tur o'yinlari oldinroqqa surildi

Narzulla Saydullayev
17 sen 2020, 10:42
14 sentyabr kuni O'zPFL 18-tur o'yinlari taqvimini e'lon qilgandi.

Jahon chempionati saralash bahslariga puxta tayyogralik ko'rish maqsadida o'quv mashg'ulot yig'inlari hamda xalqaro o'rtoqlik o'yinlar o'tkazilishi rejalashtirilganligi munosabati bilan O'FA Superliganing 18-tur o'yinlarini 2 oktyabrga qadar tugatishni so'rab PFLga murojaat qilgan. Shu bois 18-tur o'yinlari sanalari o'zgardi:


18-tur
30 sentyabr

METALLURG - ANDIJON

1 oktyabr

SURXON - AGMK
BUXORO - NAVBAHOR

2 oktyabr

QIZILQUM - QO'QON-1912
NASAF - MASH'AL
SO'G'DIYONA - LOKOMOTIV

sanasi belgilanmagan

BUNYODKOR - PAXTAKOR

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia