Coca Cola Superliga. Bugun "Lokomotiv" Yaypanda, "Paxtakor" Olmaliqda mehmon bo'ladi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2021, 07:30
Bugun Superliganing 3-turidan o'rin olgan dastlabki ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.

Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida chempionat debyutanti "Turon" uch karra O'zbekiston chempioni Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qiladi. Dastlabki ikki turdan so'ng ikkala klub hisobida hozircha ochko yo'q. Ushbu uchrashuvda VAR tizimi qo'llaniladi.

Ikkinchi bahsda esa o'tgan yilgi mamlakat kubogi finalchilari AGMK va "Paxtakor" klublari to'qnash kelishadi. Mazkur bahs soat 18:30da boshlanadi.

Coca Cola Superliga. 3-tur

TURON – LOKOMOTIV
18 mart 2021 yil. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 16:15
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko, Husniddin Shodmonov, Axmadjon Ergashev
Nazoratchi: Igor Nexochin
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistenti: Jahongir Saidov
VAR nazoratchi: Farhod Abdullaev
VAR operatori: Shoxruz Xodjaev
Komissar: Laziz Qo'chqorov




AGMK – PAXTAKOR
18 mart 2021 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 18:30
Hakamlar
: Vadim Agishev, Abduhamidullo Rasulov, Aleksandr Sidorov, Lochin Dolimov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Bekzod Aripov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia