Ciler "Lester"ga o'tdi

31 may 2016, 00:55
Germaniyaning "Gannover" darvozaboni Ron-Robert Ciler faoliyatini Angliyada davom ettiradi.


Bu haqda "Gannover" rasmiy sayti ma'lum qildi.

Angliya chempioni "Lester" Ciler uchun "Gannover"ga 3,5 million evro to'lab beradi.

"Ronuga keyingi faoliyatida omad tilaymiz! Cilerning yuqori sifatiga hech qachon shubha qilmaganmiz. Ciler qachondir yuqoriga chiqishiga ishonardik. "Gannover"da uni sog'inamiz va har doim Ciler uchun eshigimiz ochiq", - deydi klub ijrochi direktori Martin Bader.

O'xshash yangiliklar


Manba: Ганновер расмий сайти