
Olib sotarlarni savdosi bu safar yuqori emas. Uch kun sandiqlarida saqlab yotgan chiptalarini bugun o'z narhida beryaptilar. To'g'ri bazilari bir-ikki so'm ishlab olish niyatidan ketmagan, ammo tushim bari-bir yaxshi emas.
Qiziq bir ma'lumotni yozib o'tishimiz mumkin. Nima qilaylik, ichimiz qorada shu olib sotarlarga chiqqan 2ta sektor ham ketmasa deymiz. Olib sotarlarda 32 va 35 hamda 11 sektor chiptalarni ko'rishingiz mumkin. 31 va 36 sektorlar esa o'z narhida bor. Shu chipta egalari 32 bilan 31, 36 va 35 sektorlar o'rtasida hech qanday to'siq yo'q. Qolaversa 29, 30, 37, 38 sektorlardan ham mazza qilib futbol ko'rasiz. Eng yaxshi sektor esa 9, 10, 11, 12, 13 va 14. O'yin soat 19:00da boshlanishini inobatga oladigan bo'lsak, bu sektorlarda ham bemalol markazni ko'rasiz.
Agar ertaga muxlislarni soni ko'paymasa, terma jamoamiz qo'llab-quvvatlashsiz qolib ketishi mumkin. Bu esa yaxshi emas. Chiptalar bor, chiptalar!