

Birinchi bo'limning o'n oltinchi daqiqasida 37 yoshli hujumchi yakkakurashda darvozabon Tomash Vaklik bilan to'qnashib ketdi.
Shundan so'ng Ronalduning burni qonadi. Terma jamoa shifokorlari qonni to'xtatishga muvaffaq bo'lishdi, shuningdek, futbolchining burniga doka yopishtirishdi.





