Chempionlar ligasi guruh bosqichining rekordlari

Aslanov Jasurbek
17 sen 2019, 15:43
Bugun, 17 sentyabr kuni Chempionlar ligasi yangi mavsumi start oladi.

Shu munosabat bilan turnirning barcha rekordlari qiziqarli rekordlarini e'tiboringizga havola qilamiz.


Hozir taqdim etiladigan rekordlar faqat guruh bosqichi uchrashuvlarida qayd etilgan.


Futbolchilar

Eng ko'p o'yinlar

94: Iker Kasilyas ("Real", "Portu")

83: Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted", "Real", "Yuventus")

80: Xavi Ernandes ("Barselona")


Eng ko'p gol

66: Lionel Messi

61: Krishtianu Ronaldu

43: Karim Benzema


Bir uchrashuvda eng ko'p gol urgan futbolchi

5: Luis Adriano (BATE - "Shaxtyor" 0:7, 2014 yil 21 oktyabr)


Bir mavsumda eng ko'p gol urgan futbolchi

11: Krishtianu Ronaldu ("Real", 2015/16)


Eng tezkor gol

10,96 soniya: Jonas ("Valensiya" - "Bayer" 3:1, 2011 yil 1 noyabr)


Eng tez avtogol

2 daqiqa 9 soniya: Inigo Martines ("Manchester Yunayted" - "Real Sosedad" 1:0, 2013 yil 23 oktyabr)


Eng tez xet-trik

8 daqiqa: Bafetimbi Gomis ("Dinamo" Zagreb - "Lion" 1:7, 2011 yil 7 dekabr)


Eng yosh futbolchi

16 yosh 87 kun: Selestin Babayaro ("Anderlext" - "Styaua", 1997 yil 1 oktyabr)


Gol urishga erishgan eng yosh futbolchi

17 yosh 195 kun: Piter Ofori-Kuaye ("Rusenborg" - "Olimpiakos" 5:1, 1997 yil 1 oktyabr)


Eng keksa futbolchi

43 yosh 253 kun: Marko Balotta ("Real" - "Lacio" 3:1, 2007 yil 11 dekabr)


Gol urishga erishgan eng keksa futbolchi

38 yosh 59 kun: Franchesko Totti (SSKA - "Roma" 1:1, 2014 yil 25 noyabr)



Klublar

Guruh bosqichida eng ko'p ishtirok etganlar

24: "Barselona", "Real"

23: "Bavariya", "Portu"


Eng ko'p ochko to'plagan klublar (1992/93, 1993/94, 1994/95 mavsumlarda g'alaba uchun 2 ochko berilgan)

297: "Real"

287: "Barselona"


Eng ko'p gol

333: "Real"

307: "Barselona"


Guruhdan chiqish bo'yicha rekordchi

23: "Real"


Ketma-ket eng ko'p guruhdan chiqishga erishgan klub

22: "Real"


Guruhda eng ko'p birinchi o'rinni egallagan klub

17: "Barselona"


Birinchi o'rin bilan eng ko'p guruhdan chiqqan klub

12: "Barselona"


Bir mavsumlik rekordlar

Eng ko'p g'alaba

6: "Milan" (1992/93), PSJ (1994/95), "Spartak" (1995/96), "Barselona" (2002/03), "Real" (2011/12 va 2014/15)


Eng ko'p durang

6: AEK (2002/03)


Eng ko'p urilgan gol

25: PSJ (2017/18)


Eng ko'p o'tkazib yuborilgan gol

24: BATE (2014/15), "Legiya" (2016/17)


Eng kam o'tkazilgan gol

1: "Milan" (1992/93), "Ayaks" (1995/96), "Yuventus" (1996/97 va 2004/05), "Valensiya" (2005/06), "Liverpul" (2005/06), "Chelsi" (2005/06), "Manchester Yunayted" (2010/11), "Monako" (2014/15), PSJ (2015/16), "Barselona" (2017/18).


Eng kam urilgan gol

0: "Deportivo" (2004/05), "Makkabi" Xayfa (2009/10), "Dinamo" Zagreb (2016/17).


Guruhdan chiqishga etarli bo'lgan minimum ochko

6: "Zenit" (2013/14)


Guruhdan chiqishga etmagan maksimum ochko

12: PSJ (1997/98), "Napoli" (2013/14)


O'yinlar

Bitta bahsda urilgan eng ko'p gol

12: "Borussiya" D - "Legiya" 8:4 (2016 yil 22 noyabr)


Eng yirik g'alaba

"Liverpul" - "Beshiktosh" 8:0 (2007 yil 6 noyabr), "Real" - "Malmyo" 8:0 (2015 yil 8 dekabr)


Eng katta hisobdagi durang

4:4: "Gamburg" - "Yuventus" (2000 yil 13 sentyabr), "Bayer" - "Roma" (2015 yil 20 oktyabr)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA