Chempionlar ligasi guruh bosqichining eng chiroyli goli aniqlandi

Оқил Абдубарноев
17 dek 2021, 19:27
UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasi guruh bosqichida urilgan eng chiroyli gol uchun ovoz berish natijalari haqida ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, Lionel Messi qitaning eng kuchli klublar musobaqasining ushbu bosqichida eng yaxshi gol muallifi sifatida tan olindi. PSJning "Manchester Siti"ga qarshi o'yinida Messi jarima maydonchasiga yorib kirib, Kilian Mbappe bilan kombinaciya tashkil qildi hamda darvozaning olis burchagiga zarba yo'lladi. Bu Messining PSJ safidagi ilk goli bo'ldi.


Ikkinchi o'rinni Tiago Alkantaraning "Portu" darvozasiga urgan goli egalladi - ispaniyalik yarim himoyachi himoyachilar qaytargan to'pga yugurib keldi va o'ttiz metrlardan darvozaning o'ng burchagini aniq nishonga oldi. Uchinchi pog'onani Robert Levandovski tomonidan Kievning "Dinamo" klubi darvozasiga kiritilgan gol egalladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: uefa.com