YCHL. Bugun 1/8 final uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi

Aslanov Jasurbek
16 dek 2019, 12:25
Bugun YCHL 1/8 finali uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Qur'a Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.


Tarixda ilk bora YCHL 1/8 final bosqichida faqat top-5 chempionat vakillari ishtirok etishadi. Quyida pley-off bosqichi masalasini ijobiy hal qilgan 16 jamoa nomi bilan tanishing:

Angliya: "Tottenxem", "Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi".

Ispaniya: "Real", "Barselona", "Atletiko", "Valensiya".

Italiya: "Yuventus", "Napoli", "Atalanta".

Germaniya: "Bavariya", "Borussiya" (Dortmund), "Leyptsig".

Fransiya: PSJ, "Lion".


Navbatdagi bosqich juftliklari aniqlanadigan qur'a marosimi 16 dekabr kuni Shveytsariyaning Non shahrida bo'lib o'tadi. Qur'adan avval 1/8 finalga chiqqan jamoalar ikki guruhga (saralangan va saralanmagan) ajratiladi.

Saralangan

"Bavariya" (Germaniya, "B" guruhi)

"Barselona" (Ispaniya, "F" guruhi)

"Valensiya" (Ispaniya, "H" guruhi)

"Liverpul" (Angliya, "E" guruhi)

"Manchester Siti" (Angliya, "C" guruhi)

PSJ (Fransiya, "A" guruhi)

"Leyptsig" (Germaniya, "G" guruhi)

"Yuventus" (Italiya, "D" guruhi)


Saralanmagan

"Atalanta" (Italiya, "C" guruhi)

"Atletiko" (Ispaniya, "D" guruhi)

"Borussiya" D (Germaniya, "F" guruhi

"Chelsi" (Angliya, "H" guruhi)

"Lion" (Fransiya, "G" guruhi)

"Napoli" (Italiya, "E" guruhi)

"Real" (Ispaniya, "A" guruhi)

"Tottenxem" (Angliya, "B" guruhi)


Qur'a qoidalari

- Saralangan jamoalar javob uchrashuvida mezbon bo'lishadi.

- 1/8 finalda bitta mamlakat yoki guruh bosqichida bitta guruhda bo'lgan klublar o'zaro to'qnash kelmaydi.


1/8 final uchrashuvlari qachon bo'lib o'tadi?

Nimchorak finalning dastlabki bahslari 18, 19, 25 va 26 fevral kunlari bo'ladi. Javob bahslari 10, 11, 17 va 18 martga belgilangan. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA