

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard javob berdi.
Jeyms YCHL chorak finalida "Real"ga qarshi javob o'yinida jarohat orttirib olgan. Lempard o'z intervyusida Mauntning APL so'nggi turi doirasida "Nyukasl"ga qarshi o'yinda maydonga tushish ehtimoli borligini, biroq bu juda past ekanligini aytgan.
Jeyms ushbu mavsum APLning 16 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi. Maunt esa 24 o'yinda 3 marta darvozani ishg'ol qildi. "Chelsi" navbatdagi uchrashuvini "Brentford"ga qarshi o'tkazadi.



