Chelsi Vitcel uchun kurashga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2016, 09:10
Zenit yarim himoyachisi Aksel Vitcel navbatdagi top-klub qiziqishiga sabab bo'ldi.

Everton, Roma, Yuventus, Napoli va Inter klublaridan so'ng 27 yoshli belgiyalik futbolchiga Chelsi qiziqib qoldi, deb xabar bermoqda Gianlucadimarzio.com.

Londonliklar Romadan Radja Nainggolanni sotib ololmagach Vitcelga e'tibor qaratildi.

Oldinroq Zenit futbolchini kamida 25 million evroga sotmoqchi ekaniligi haqida xabarlar chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com