

"Chelsi" klubi "Vulverxempton" vingeri Pedru Netuni sotib oladi. London klubining 60+3 mln evrlik taklifi "Vulverxempton" tomonidan qabul qilingan.
Bu haqda taniqli insayder Fabrcio Romano xabar berdi. "Chelsi" avvalroq futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishgani ma'lum qilingandi. London klubi tez orada Pedru Netu transferini rasman e'lon qiladi.
Ma'lumot uchun, Netu o'tgan mavsum APLda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va to'qqizta assist qayd etgandi.



