Chelsi – Sporting. Nani o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
6 dek 2014, 20:42
Sporting futbolchisi Nani Boavishtaga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Futbolchi aynan jarohati sababli o'yinning birinchi bo'limida almashtirildi.

"Nani sonidagi og'riqdan shikoyat qildi. Tibbiy ko'rik natijalarini kutamiz va shunga qarab ish tutamiz", - deydi klub bosh murabbiyi Mark Silva.

Shu tariqa, futbolchi "Chelsi"ga qarshi bo'lib o'tadigan YCHL o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru