"Chelsi" qishki transfer oynasidagi asosiy maqsadini aniqlab oldi

Omonjon To`xtamirzayev
27 noya 2023, 12:10
"Chelsi" yanvar oyida nima qilib bo'lsa ham "Napoli" va Nigeriya termasi hujumchisi Viktor Osimxenni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Futbolchining o'zi ham Londonga ko'chib o'tishga rozi. Kelishuvga yagona to'siq sifatida - nigeriyalikning yuqori transfer narxi ko'rilmoqda.

Osimxenning "Napoli" bilan shartnomasi 2025 yil yozigacha mo'ljallangan. Bu mavsum forvard A Seriya va YCHLning 11 uchrashuvida 6 ta gol urib, 1 ta golli  uzatma etkazib berdi. 

"Transfermarkt" portali 24 yoshli futbolchini 120 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk