"Chelsi" qishda Sancho bilan shartnoma imzolashga ishonchi komil

Alisher
7 dek 2019, 13:35
Dortmundning "Borussiya" jamoasi vingeri Jeydon Sancho yanvarda "Chelsi"ga o'tishi mumkin.

"Aristokratlar" 19 yoshli ingliz futbolchisiga asosiy transfer maqsadi sifatida qarashmoqda.

Transferga shaxsan Frenk Lempard qiziqish bildirmoqda. Mutaxassis Sancho Angliya terma jamoasida Abraxam va Mauntlar bilan birga o'ynashi sabab, uni "Chelsi"da yaxshi o'ynab ketishiga ishonmoqda.

Xabar berilishicha, "Chelsi" angliyalik futbolchi uchun 100 million funt to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Sanchoga shuningdek "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Real" klublari qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal