"Chelsi" Pochettino bilan yana bir uchrashuv o'tkazdi

Omonjon To`xtamirzayev
26 apr 2023, 13:52
Maurisio Pochettino yangi mavsumda APLga qaytadi.

"Tottenxem" va PSJ jamoalari sobiq murabbiyi Maurisio Pochettino "Chelsi"ga tobora yaqin kelmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, "ko'klar" va argentinalik oxirgi detallarni muhokama qilishmoqda. Qayd etilishicha, barchasi yaxshi ruhda ketmoqda. Dushanba kuni Ispaniyada tomonlarning yana bir uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda loyihaning istiqbollari muhokama qilingan.

Tomonlar to'liq kelishuv juda yaqin vaqt ichida amalga oshishiga ishonmoqda.

Avvalroq, Sky Sports ham Pochettino yangi mavsumni qayerda boshlashi aniqligi haqida xabar bergandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sky Sports