“Chelsi” murabbiylarning iste'fosi sabab qancha mablag'dan ayrilgani ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
7 yanv 2020, 19:55
"Sky Sports" xabar berishicha, “Chelsi” 2018 yil Antonio Konte bilan kelishuvni bekor qilgani uchun murabbiy va uning shtabiga 31 mln. evro miqdorida tovon puli to'lab bergan.

Manbaga ko'ra, ushbu summa londonliklarning moliyaviy hisobotlarida keltirilgan. Kontening o'rnini esa Maurisio Sarri egalladi va u ham “arsitokratlar” boshqaruvida ko'p ishlamadi.

Umuman, “Chelsi” so'nggi yillar ko'plab murabbiylarni iste'foga chiqargani uchun 105 mln. evrodan ayrilgan aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports