"Chelsi" Mauntning narxini aniqlab oldi

Mirjalol Normatov
1 apr 2023, 00:54
"Chelsi" rahbariyati yozda Meyson Mauntni sotib yuborish niyatida.

24 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2024 yil yozida yakunlanadi. Tomonlar shartnoma uzaytirish extimolidan juda yiroq.

Ammo klub bir yildan keyin shartnomasi yakunlanadigan futbolchining sotuvi uchun katta mablag' so'ramoqda - 70 mln evro.

Hozirda unga asosiy da'vogar sifatida "Bavariya" qaralmoqda. O'z navbatida "Liverpul" va "Manchester Yunayted" vaziyatni zimdan kuzatib bormoqda. Biroq London klubi futbolchisini asosiy raqibiga sotishni xohlamayapti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic