Chelsi Lavessi bilan muzokara olib bormoqda

Aziz Tukhtamuradov
14 yanv 2016
Ezekiel Lavessining agenti mijoziga Chelsi qiziqayotganini tasdiqladi.

Yozda erkin agentga aylanadigan futbolchi yanvardan boshlab boshqa klublar bilan muzokaralar o'tkazish huquqiga ega.

Agentning so'zlariga ko'ra futbolchiga "Inter" tomonidan jiddiy qiziqish bo'lmoqda.

Biroq, "Barselona" va "Chelsi" klublari ham unga befarq emaslar. Ayni paytda u londonliklar bilan muzokaralar olib bormoqda.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseanews.ru