Chelsi ayni paytda ijara asosida Atletikoda to'p surayotgan darvozaboni Tibo Kurtua bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.
London Evening Standard ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar yangi 5 yillik kelishuvga erishishga yaqin turibdilar. 21 yoshli darvozabonning maoshini belgilash qolgan xolos.
Eslatib o'tamiz, darvozabonnning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilgacha davom etadi.