“Chelsi” Kavaniga yiliga 9 million evro beradi

“Napoli” klubi hujumchisi Edison Kavani “Chelsi”ga o'tishga juda yaqin turibdi, deb xabar beradi AS.
Ispaniya nashrining xabariga ko'ra, urugvaylik to'purar London klubi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishib olgan.

“Aristokratlar” hujumchiga bir mavsum uchun barcha bonuslar va mukofotlarni qo'shib hisoblaganda 9 million evro maosh beradi. Transferni amalga oshirish uchun esa tamonlarga faqatgina moddiy tovon to'lash bo'yicha kelishib olish qoldi xolos.

Oldinroq “adzurri”lar “Chelsi”ning 50 million evro bilan chiqqan taklifini rad etishgandi. Biroq neapolitanliklar o'z foydaliridan voz kechib, transfer bahosini 63 dan 60 million evroga tushirishdi. Shu bilan birgalikda londonliklar mazkur mablag'ni bosqichma-bosqich to'lab borishga kelishib olganlar.

Manba: sports.ru