"Chelsi" "Inter" futbolchisini xarid qilmoqchi

Alisher
4 yanv 2020, 18:51
Londonning "Chelsi" klubi braziliyalik hujumchi Gabigolni nishonga olgan.

Gabigol "Flamengo"da ijara asosida harakat qilmoqda va ajoyib o'yinlar ko'rsatmoqda. U shuningdek Libertadores Kubogi va Janubiy Amerikaning "Oltin to'p"ini yutdi.

Gabriel Barbozaning transfer huquqi Milanning "Inter" klubiga tegishli. 

"Chelsi" braziliyalik o'yinchi variantiga "Lion" Dembeleni sotishdan bosh tortganidan so'ng o'tdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: metro.co.uk