"Chelsi" "Barselona" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019, 15:23
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich yozda "Chelsi"ga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "aristokratlar" xorvatiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda va ular Rakitichni yozda xarid qilishmoqchi.

Ivan Rakitichning o'zi faoliyatini "Barselona"da davom ettirish niyatida. U so'nggi intervyusida klub bilan shartnomani uzaytirib, iloji boricha ko'proq Kataloniya klubida qolmoqchi ekanligini ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport.es