"Chelsi" "Barselona" vunderkindiga ko'z tashladi

Alisher
20 yanv 2022, 12:33
Londonning "Chelsi" klubi "Barselona"ning yosh yarim himoyachisi Gaviga qiziqmoqda.

Futbolchi o'zining Kataloniya klubidagi debyutidan boshlab juda katta taassurot qoldirmoqda.

Gavining o'yin uslubini hozirgi bosh murabbiy Xavinikiga o'xshatishmoqda.

"Chelsi" ispan uchun shartnomada yozilganidek kamida 50 million evro to'lashga tayyor, ammo "Barselona" ham tovon pulini yuqori qilish uchun yangi bitim borasida kelishishga harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Nacional