"Chelsi" o'z uyida bir kishi kam bo'lib qolgan "Arsenal"ni enga olmadi

22 yanv 2020, 03:10
APL 24-turining markaziy uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Bu galgi derbi ham ajoyib tarzda o'tdi. Uchrashuv mobaynida 1 soatdan ko'proq vaqt mobaynila bir kishi ko'p bo'lib o'ynagan mezbonlar g'alabaga erisha olmadi. Jorjino va Aspilikuetaning goliga "Arsenal" safida Gabriel Martinelli va Ektor Belerin javob qaytardi. Yakunda Lempard va Arteta durangga rozi bo'lishdi.

Chelsi – Arsenal 2:2

22 yanvar, 01.15, Stemford Bridj

Gollar:

1:0 – 28, penalti Jorjino, 1:1 – 63 Martinelli, 2:1 – 84 Aspilikueta, 2:2 – 87 Belerin.

Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Kristensen, Emerson, Aspilikueta, Jorjino, Kante (Maunt, 69), Villian (Batshuayi, 79), Kovachich (Barkli, 66), Xadson-Odoi, Abraxam.

Arsenal – Leno, Belerin, Mustafi, David Luiz, Ozil (Genduzi, 55), Djaka, Martinelli (Uillok, 90), Torreyra, Pepe (Xolding, 81), Lyakazett, Saka.

Ogohlantirishlar:

Emerson (21), Kristensen (59), Genduzi (76).

Chetlatish:

David Luiz (26).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia