"Chelsi" Ampaduni 15 mln evroga xarid qilish huquqi bilan "Speciya"ga ijaraga beradi

Alisher
29 avg 2022, 16:55
"Chelsi" himoyachisi Itan Ampadu faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

"Speciya" 21 yoshli o'yinchini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Klublar o'rtasidagi muzokaralar yakunlanish bosqichida.

O'yinchining xaridi italyan klubiga 15 mln evroga tushadi. Ampaduning bugun Italiyaga kelishi va ertaga yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.

Himoyachi o'tgan mavsumni ijara asosida "Veneciya"da o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com