"Chelsi" 2022 yilning yanvaridan beri "top 6" jamoalarini mag'lub eta olmayapti

Aslanov Jasurbek
22 okt 2023, 00:19
"Chelsi" so'nggi bor APLning "top 6"ga kiradigan jamoasini 2022 yilning boshida taslim qilgandi.

Bugun Maurisio Pochettino jamoasi "Arsenal"ga qarshi bahsda (2:2) g'alabani qo'ldan boy berdi.

2022 yil 23 yanvar kuni "Tottenxem" mag'lub (2:0) etilganidan so'ng, "ko'klar" biror marta "shporlar", "Arsenal", "Manchester Siti", "Liverpul" yoki "Manchester Yunayted"ni mag'lub etmadi.

"Chelsi" bu vaqt ichida 7ta mag'lubiyatga uchrab, 11ta durang qayd etdi.

"Ko'klar"ning kuchli oltilik jamoalaridan biriga qarshi keyingi to'qnashuvi 6 noyabr kuni "Tottenxem"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru