Championat.uz va MTJ o'rtasidagi futzal shou

Nadirkhuja Yuldashev
3 may 2013, 13:32
Kecha "Championat.uz" o'quvchilari hamda "FIFA.uz" ishtirokchilaridan jamlangan havaskor futzalchilarimiz, Osiyoning ikki karra kumush medallarini qo'lga kiritgan va bir necha karra O'zbekiston chempionatida g'olib chiqqan professional futzalchilar bilan Yunusobod sport majmuasida miriqib futbol o'ynadilar.
 Bejizga miriqib so'ziga urg'u bermadim, futzalchilarimizni  o'quvchilarga bo'lgan samimiy muomulasi uchun alohida rahmat aytaman! Samimiy ruxda o'tgan uchrashuvni tashkil etishda hamkorlik  qilgan O'FAga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
 

 

O'zbekiston - Championat.uz 7:7 (penaltilar seriyasi 2:6)
Hakamlar: Mixail Savochkin, Umid Po'latov.
O'zbekiston: Rustam Umarov (2-taym Nodirxo'ja Yuldashev), Konstantin Sviridov, Artur Yunusov, Bekzod Kenjaev, Hamidulla  Hasanov, Anvar Qahramonov, Akmal Xo'jaev, Sherzod Majidov, Jahongir Rahmatullaev
Championat.uz: Nodirxo'ja Yuldashev (2-taym Rustam Umarov), Nodir Eliboev, Dilshod Irsaliev, Davron Choriev, Baxtiyor  Nomozov, Ulug'murod Ro'ziev, Fayzulla Saydullaev, Farhod Quljonov, Ahmad Eshmatov, Abdumajid Hafizov.



Bevosita o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, sayt sharafini futzalchilardan Nodir Eliboev, Dilshod Irsaliev, Davron Choriev himoya  qildilar. Shuningdek oliy toifadagi hakam Baxtiyor Nomozov ham saytimiz uchun o'ynadi. O'zbekiston futzal terma jamoasi  safida esa Rustam Umarov, Konstantin Sviridov, Artur Yunusov, va O'FA xodimi Jahongir Rahmatullaev himoya qildilar.

Shubhasiz, Rustam Umarov MTJ sharafini himoya qilishi raqiblarimizni eng katta kuchlari edi. Boisi oddiy, sayt darvozasida men edim. Tabiiyki men uchun futzalchilarni zarbasiga turib berish oson emas. Ammo sal bo'lsada o'xshadi, futzal chempionatida  bazi jamoalar o'z darvozalaridan 10-15ta gol o'tkazib yuboradilar. Birinchi bo'lim uchun 5ta gol yomon emas. Eng qizig'i katta  futbol o'ynab yurgan o'yinchilarimiz gol ura olmasalar boshlarini changallab qoldilar. Rahmatli, Xojiboy Tojiboy aytgan latifa yodimga tushib ketdi. Gol ura olmasang, nima qilasan boshingni ushlab, orqaga qaytib yana to'pni olib hujum qil. Shundan keyin men gol o'tkazmay, Oliver Kan o'tkazsinmi? Ammo bu shou edi, gol ura olmagan havaskorlarimizga futzalchilarimiz ruhan  dalda bo'ldilar. Shu jumladan menga ham.

 

Ikkinchi bo'limda tarkiblarda kichik o'zgarish bo'ldi. Men terma jamoaga, Umarov esa sayt jamoasiga o'tdi. Tabiiyki gol o'tkazib, sayt g'alabasini taminlash uchun, bu men uchun ayni muddao edi. Lekin unday qila olmas edim, qolaversa O'FA vakili  Jahongir Rahmatullaevga bu fikrimni aytib qo'ygandim. Ammo bari-bir gol o'tkazishga majbur bo'ldim. Hammasiga Rahmatullaev  aybdor. Biz-ku havaskorlarmiz, ammo bu akamiz ham mini futbolda himoyaga qaytishni istamadilar. Hullas hisob durang. Ammo bu  kelishilmagan. Buni o'yinda ishtirok etgan o'quvchilar tasdiqlashlari mumkin. Penaltilar seriyasiga to'xtalib o'tishni lozim topmadim, garchand sayt g'olib chiqqan bo'lsada. Chunki hamma zarbalarni o'tkazib yubordim.

Yodingizda bo'lsa, bundan bir necha oy avval O'zbekiston milliy terma jamoasining yulduzlari ishtirokida futbol uchrashuvini  tashkil etgan edik. O'sha o'yinda raqiblarimiz safida Farhod Tojiev, Temur Kapadze, Shavkat Salomov, Marat Bikmaev, Islom  Inomov va Sanjar Tursunov ishtirok etgan edilar. Bu o'yinda sayt o'quvchilari g'alaba qozongan edilar.



Rejalarimiz bisyor. Oliy liga birinchi davra o'yinlari yakuniga etgach vodiy bo'ylab turne o'tkazish niyatimiz yo'q emas. Albatta buning uchun, "Navbahor", "Neftchi" va "Andijon" jamoalarini hamkorliklari as qotadi. Rejaga ko'ra, saytning eng faol o'quvchilari o'z viloyatlarining mashhur futbochlilariga qarshi futbol o'ynaydilar. Sayt sharafini, "Championat.uz"ning viloyatdagi faol o'quvchilari himoya qiladilar.



Biroz hangoma aralashgan maqola muallifi
Nodirxo'ja Yuldashev

 

Nadirkhuja YuldashevMuallif