
- Barchamiz masuliyatni to'liq his etib turibmiz. Garchand Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan bo'lsakda, BAAda mag'lubiyatga uchraganligimizni unutmasligimiz lozim Ular bizni o'z maydonlarida xafa qilishgan edi. Qolaversa, muxlislar oldidagi ilk rasmiy o'yinimizni o'tkazamiz. Bu o'yin rasmiy maqomga ega ekanligini ham unutmaylik. Terma jamoamiz a'zolari o'yinga tayyorlar deb ayta olaman.