Unda ishtirok etishni istagan futbolchilarning soni ortib boryapti. Futbolchilar ko'payib ketganligi uchun uchrashuv manziliga kichik o'zgartirish kiritdik. Endi o'yin O'FF sun'iy maydonida bo'lib o'tadi. Unda 9 nafar futbolchi bir jamoa sharafini himoya qiladi.
Hozircha "SA-1" jamoasiga Dilshod Nuraliev ustozlik qiladigan bo'ldi. Uning tarkibidan JCH ishtirokchilari - Sarvar Karimov (darvozabon), Jamshid Boltaboev, Javohir Sidiqov, Sanjar Tursunov va Timur Hakimov o'rin oladilar. Aytish joizki, bu futbolchilar Dilshod Nuralievning shogirdlari hisoblanadi.
"SA-2" jamoasi postini Aleksandr Lobanov qo'riqlaydigan bo'ldi. Maydonda esa Akbar Ismatullaev, Abduqahhor Hojiakbarov, Akmal Xolmatov va Ivan Nagaev to'p tepishadi.
Hozircha futbolchilarni taklif etishda davom etyapmiz. "SA-2" jamoasiga murabbiy topib, uchrashuv bosh hakamini tayinlasak bo'lgani.