Buxoroda futzal murabbiylari uchun Level 1 xalqaro o'quv-kurslari start oldi (foto)
Tolibjon Qosimov
3 fev 2020, 14:17
O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi va Osiyo futbol konfederatsiyasi hamkorligida Buxoro viloyati Kogon shahrida futzal murabbiylari uchun OFKning Level 1 xalqaro o'quv-kurslariga start berildi.
Bugun, 3 fevral kuni boshlangan xalqaro o'quv-kurslari 8 fevralga qadar davom etadi. Kursni OFK instruktori Furqat Xayrullaev olib bormoqda, koordinator Fuzuli Xayrullaev.
Ushbu xalqaro o'quv-kurslarda 15 nafar yosh murabbiy ishtirok etmoqda.