Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari "Buxoro" klubi yangi rahbariyatiga qarzdorlikini yopish vazifasi qo'ydi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2020, 18:57
Bir necha kun oldin, “Buxoro” klubida rahbariyat almashgani haqida xabar bergan edik.

Jamoada jiddiy o'zgarishlar davom etmoqda. Bizgacha kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov viloyat bosh jamoasi rahbariyatiga jamoani yangi bosqichga olib chiqishni tayinlagan.

Buxoro viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari Botir Shaxriyorov esa klub yangi rahbariyati oldiga 3-4 kun davomida yig'ilib qolgan qarzdoliklarni yopish va bundan tashqari bir qator vazifalarni qo'ygan.

Jamoaga yangi bosh murabbiy sifatida Davron Fayziev tayinlanishi kutilmoqda. Fayziev bilan og'zaki kelishuvga erishilgan va unga jamoani Superligaga olib chiqish vazifasi qo'yilgan.

Shuningdek, 2018 yilda “Navbahor” jamoasida klub direktori vazifasida faoliyat olib borgan Rasul Akramov “Buxoro” klubining rahbar lavozimlaridan biriga kelishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia