"Buxoro" ikki futbolchiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
7 dek 2023, 11:59
"Buxoro" o'z safiga tajribali futbolchilarni jalb etmoqchi.

Short-listda Sanat Shixov va Xurshid Muxtorov kabi nomlar bor. Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.

33 yoshli Shixov yakunlangan mavsumda 23 ta o'yinda qatnashib, 5 ta gol urgan va 3 ta golli pas uzatgan.

29 yoshli Muxtorov esa yakunlangan mavsumda 25 ta o'yinda qatnashib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli pas uzatgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia