"Buxoro" yetakchisi "Metallurg"ga o'tishga yaqin

Narzulla Saydullayev
22 dek 2019, 16:14
Salamat Qutiboev juda katta ehtimol bilan faoliyatini Bekobodda davom ettiradi.

Oxirgi yillarni "Buxoro" klubida o'tkazgan tajribali yarim himoyachi Bekobodning "Metallurg" klubiga o'tishga yaqin turibdi.

Yakuniga etgan mavsumda Qutiboev Superligada 22ta o'yinda maydonga tushib 3ta gol urishga erishdi.

Ma'lumot uchun, Qutiboev faoliyati davomida "Buxoro"dan tashqari "Mashal", "So'g'diyona", AGMK va "Lokomotiv" kabi klublarda faoliyat olib borgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia