Butun turnir davomida bir soat o'ynagan Feliks operaciya qilinadi

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2021, 21:43
Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Joau Feliks to'pig'idan operaciya qilinadi.

Yevropa chempionatida jarohati bilan harakat qilgan Joau Feliks terma jamoasi musobaqani tark etgach, operaciya stoliga yotish arafasida turibdi. Futbolchi to'pig'idan operaciya qilinadi. Xabarlarga ko'ra, "Atletiko" hujumchisining tiklanishi uchun kamida ikki oy vaqt kerak bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Feliks terma jamoa tarkibida qita turnirining guruh bosqichi bahslarida maydonga tushmagandi. Nimchorak finalda esa 55-daqiqada o'yinga qo'shildi.

Portugaliya esa Belgiyaga imkoniyatni boy berib, turnir bilan xayrlashdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca