Buskets yangi shartnoma imzolaydi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2018, 10:42
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Serxio Buskets yaqin vaqt ichida klub bilan shartnoma imzolaydi.

Futbolchi milliy jamoadan qaytganidan so'ng bitim haqida oshkor qilinishi kerak edi, ammo bu keyinroqqa suriladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Busketsning yangi shartnomadagi maoshi jamoa hujumchisi Luis Suares va himoyachi Xerard Pikenikidek bo'ladi. Andres Inesta kyetib, xarajatlar kamayganidan so'ng Serxioning maoshi oshishiga imkon paydo bo'ldi.

Xavbekning ko'k-anorranglilar bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Bitimdagi futbolchining tovon puli 200 mln evro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca