Buskets "Inter Mayami" futbolchisiga aylandi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2023
"Inter Mayami" Serji Busketsni o'z tarkibiga qo'shib olganini e'lon qildi.

Ispaniyalik futbolchi "Barselona"ni erkin agent sifatida tark etdi. U endi AQSHda ham Lionel Messi bilan birga o'ynaydi. 

Shartnoma 2025 yilgacha tuzilgan. 

Yarim himoyachi 2022/23 yilgi mavsumda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/InterMiamiCF