Buskets Barselona bilan seshanba kuni yangi shartnoma tuzadi

Narzulla Saydullayev
23 avg 2013, 13:14
Barselona yarim himoyachisi Serdji Buskets keyingi seshanba kuni klub bilan shartnomani uzaytiradi.
Eslatib o'tamiz, tomonlar o'tgan oyda kelishuvni 2018 yilga qadar uzaytirishga kelishib olishgandi. Unga ko'ra Busketsning transfer narxi 150 million evroga ko'tarildi.

Barselona Buskets bilan shartnomani uzaytirgach yarim himoyachi Andres Inesta va himoyachi Jerar Pike bilan shartnomani uzaytirish borasida ish olib boradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru