"Bunyodkor"ning uchta jamoasi Xorvatiyadagi xalqaro musobaqada ishtirokini boshladi

Iskandarov Abdulaziz
3 iyun 2022, 11:16
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi uchta yosh toifasida Xorvatiyada bo'lib o'tayotgan “Dalmatinko cup” turnirida qatnashmoqda.

“Dalmatinko cup” xalqaro musobaqasida birinchi kun uchrashuvlari yakunida etdi. Dastlab G'ulom Halimtoev murabbiyligidagi "Bunyodkor-2011" mahalliy "Omladinac"ga qarshi maydonga chiqib 10:0 hisobida g'alaba qozondi. So'ng klubning ikki jamoasi bir vaqtda jiddiy raqiblarga to'qnash keldi. Miraziz Mirzaahmedov murabbiyligidagi "Bunyodkor-2008" Sloveniyadan tashrif buyurgan "Iliriya" bilan kuch sinashib nursiz durangga imzo chekka bo'lsa, Alisher Ibrohimov ustozligidagi "Bunyodkor-2009" mezbonlarning "Yadran"iga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Birinchi bo'lim avvalida o'tkazib yuborilgan ikkita gol o'yin taqdirini hal qildi. Vaholanki, klub tarbiyalanuvchilari gol o'tkazib yuborilgach katta ustunlikka ega bo'ldi, biroq vaziyatlardan foydalana olmaslik yakunda pand berdi.

"DALMATINKO CUP"

“Bunyodkor-2011” – “Omladinac” - 10:0

Gollar: Mustafo Ahmatillaev, 2 - 1:0. Sunnatilla Sayilboev, 7 - 2:0.  Mustafo Ahmatillaev, 9 - 3:0. Prosperich, 10-o'z darvozasiga - 4:0. Voris Qudratov, 15 - 5:0. Kamron Qahramonov, 16 - 6:0. Elshod Do'lanboev, 18 - 7:0. Abduvosit Sharofuddinov, 24 - 8:0. Farrux Botirjonov, 25 - 9:0. Farrux Botirjonov, 28 - 10:0



"Yadran" (Xorvatiya) - "Bunyodkor-2009" - 2:0

Gollar: Toni Teshiya, 2 - 1:0. Roko Eles, 10 - 2:0.

"Bunyodkor-2008" - "Iliriya" (Sloveniya) 0:0

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати