"Bunyodkor" stadioniga mahalliy iqlimga mos keluvchi chim yotqizildi

Sherzod Nurmatov
9 noya 2022, 11:55
Bu haqda "Bunyodkor" stadioni matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning iyul oyida "O'zbekneftegaz" akciyadorlik jamiyati rahbariyati tashabbusiga ko'ra, 2023 yil mart oyida bo'lib o'tadigan U-20 Osiyo Kubogi o'yinlari, "Bunyodkor" futbol klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasining uy o'yinlarini o'tkazish maqsadida "Bunyodkor" stadioni markaziy maydonida ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi. 

Qisqa vaqt ichida stadion maydoni to'laligicha qaytadan barpo etildi. Maydon injener kommunikaciyalari yangilandi va maydon sathi 1 metrga ko'tarildi. Yangi mahalliy iqlimga mos keluvchi chim yotqizildi. 

Hozirgi kunda maydon atrofi va zaxira futbolchilari uchun joylar yangicha zamonaviy uslubda tayyorlanmoqda. 

Tinimsiz olib borilgan ishlar tashabbuskori hamda homiymiz bo'lgan "Uzbekneftegaz" AJ boshqaruv raisi, "Bunyodkor" FK prezidenti Mehriddin Razzoqovich Abdullaevga yurtimiz futboli rivojiga  qo'shayotgan ulkan hissalari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz," - deb yozadi stadion matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бунёдкор" стадиони матбуот хизмати