"Bunyodkor" so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol tufayli "Zarya"ga mag'lub bo'ldi

Оқил Абдубарноев
16 fev 2022, 21:42
Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borayotgan "Bunyodkor" klubi Ukrainaning "Zarya" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Dastlab raqib darvozasini ishg'ol qilgan "qaldirg'ochlar" ustunlikni o'zlarida saqlab qola olmadi. Ikkinchi bo'limda ukrainaliklar ikki bor to'p kiritib, irodali g'alabaga erishdi.

"Bunyodkor" - "Zarya" 1:2

Gollar: Husayn Ergashboev, 25 - 1:0. Vladislav Kabaev, 62 - 1:1. Denis Favorov, 90+7 - 1:2.

"BUNYODKOR": 32. Suhrob Sultonov, 4. Davron Ergashev, 6. Avaz O'lmasaliev, 34. Suhrob Izzatov, 10. Dilshod Jo'raev, 17. Odil Abdurahmonov, 11. Rasul Yo'ldoshev, 36. Jahongir O'rozov, 3. Mahmud Mahamadjonov, 24. Usmonali Ismonaliev, 29. Husayn Ergashboev

Zaxira: 91. Zafar Safaev, 7. Farhod Mirahmatov, 26. Sardor Xursandov, 5. Xurshid Ubaydullaev, 37. Muhammadodil Qahramonov, 33. Umarali Rahmonaliev, 21. G'ayrat Azizxo'jaev, 9. Sirojiddin Bashriddinov

"ZARYA": 1. Dmitro Matsapura, 7. Serxii Buletsa, 2. Oleg Danchenko, 28. Denis Favorov, 98. Maksim Imerekov, 6. Junino, 22. Vladislav Kabaev, 10. Dmitro Xomchenovskiy, 4. Svek Lovro, 48. Yaxor Nazarnya, 76. Raymond Ovusi

Zaxira: 73. Anton Jilkin, 25. Ahmad Alibekov, 90. Oleksandr Gladkiy, 15. Vitaliy Verndub, 9. Shahab Zaheditabar

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Бунёдкор" ФК матбуот хизмати