

"Bunyodkor" klubi futbolchi Nikolaz Mali bilan xayrlashdi. Klub rasmiy xabarida futbolchi jamoani tark etgani ma'lum qilindi.
"Bugun biz jamoamizga barqarorlik, intizom va xarakter olib kirgan futbolchi - Nikoloz Mali bilan xayrlashmoqdamiz.
Mali “Bunyodkor” safida o'tkazgan davri davomida ishonchli himoyachi sifatida o'zini ko'rsatdi. U har bir to'p uchun kurashdi, maydonda ham, maydon tashqarisida ham o'zini haqiqiy professional sifatida namoyon etdi. Uning mehnati jamoa, murabbiylar va muxlislar tomonidan yuqori baholandi.
“Bunyodkor”dagi 2025-yilgi ko'rsatkichlari:
25+ o'yin
Butun mavsum davomida barqaror va ishonchli himoya o'yini
Nikoloz “Bunyodkor” libosini faxr bilan himoya qildi. Uning intizomi, mehnatkashligi va jamoaga bo'lgan sadoqati biz uchun juda qadrli.
Nikoloz, qilgan xizmatlaring uchun katta rahmat!
Keyingi bosqichda omad, muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaymiz.
“Bunyodkor” seni doimo hurmat bilan eslaydi", – deyiladi klub xabarida.



