“Bunyodkor” Al Aynga jo'nab ketdi

26 yanv 2020, 08:52
Xabaringiz bor, 28 yanvar kuni Bunyodkor Osiyo Chempionlar ligasining uchinchi saralash bosqichi doirasida safarda BAAning Al Ayn jamoasi mehmoni bo'ladi.

Bugun erta tongda Toshkent xalqaro aeroportidan Dubay tomon uchgan qaldirg'ochlar u yerdan Al Ayn shahriga yo'l olishadi. Jamoa Al Ayn shahridagi besh yulduzli Ayla Grand mehmonxonasiga joylashadi. 

 Safarga yo'l olgan futbolchilar ro'yxati:

Abdumavlon Abduljalilov, Sardor Abduraimov, Dilshodbek Ahmadaliev, Davronjon Ergashev, Anvar G'ofurov, G'ulom-Haydar G'ulomov, Farrux Ikromov, Suhrob Izzatov, Jasurbek Jaloliddinov, Sarvar Karimov, Murod Xolmuhammedov, Humoyun Murtazoev, Bahodir Pardaev, Lutfulla To'raev, Hasan Yo'ldoshev, Rasul Yo'ldoshev, Boburbek Farhodov, Vladislav Nuriev, Suhrobjon Yarashev.

Eslatib o'tamiz, Al Ayn - Bunyodkor uchrashuvi 28 yanvar kuni Al Ayn shahridagi Hazza Bin Zayed stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 19:40da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Бунёдкор" ФК Телеграм канали