Bugun "Real" - "Atletiko" uchrashuvi bo'lib o'tadi

Aslanov Jasurbek
15 avg 2018, 12:23
Bugun, 16 avgustga o'tar kechasi "Real" hamda "Atletiko" o'rtasida UEFA Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi.

"Real" ushbu uchrashuvda Chempionlar ligasi, "Atletiko" esa Yevropa ligasi g'olibi sifatida ishtirok etadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi. Uchrashuv Estoniya poytaxti Tallin shahridagi "A. Le Kok Arena"da bo'lib o'tadi.

"Real" hamda "Atletiko" UEFA Superkubogining 43-sovrinini yutib olishlari mumkin. UEFA Superkubogi turniri 1971 yilda De Telegraaf muhbiri Anton Vitkamp tomonidan yaratilgan. Ushbu turnirning amaldagi g'olibi "Real". UEFA Superkubogida g'olib chiqish bo'yicha eng yaxshi natija "Barselona" va "Milan"ga tegishli. Ular 5 martadan ushbu sovrinni boshi uzra ko'tarishgan. Bugungi ishtirokchilar - "Real" 4 marta, "Atletiko" esa 2 marta UEFA Superkubogi sohibiga aylanishgan.


UEFA Superkubogi

00:00. "Real" - "Atletiko" (Match! Futbol 1, Futbol TV, Uzreport)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia