Bugun "Qo'qon-1912" oq, AGMK qora rangli liboslarda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2018, 13:06
Hozirgina Qo'qondagi “Markaziy” stadionida Superliga 17-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “AGMK” o'yinidan oldingi yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda har ikki jamoa vakillari va uchrashuv komissari B.Haydarovlar  ishtirok etishdi va o'yin oldi jarayonlari hamda jamoalar bugun qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari borasida kelishib olishdi.

Unga ko'ra, bugungi bahsda mezbonlar “Qo'qon-1912” jamoasi oq rangli formalarda, darvozabon qizil-qora libosda maydonga tushadi. Mehmonlar AGMK futbolchilari esa qora liboslarda, darvozabonlari siyohrang liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz