Bugun O'zbekiston kubogining nimchorak finali uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi

Alisher
5 iyun 2023, 09:13
Kecha O'zbekiston kubogining guruh bosqich uchrashuvlari yakunlandi va barcha nimchorak finalchilar aniq bo'ldi.

 Bugun esa 19:30 da nimchorak final bahslari uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. 

Ma'lumot uchun, O'zbekiston kubogida guruh g'oliblari yetakchilar savatidan joy oladi va ular 1/8 final bellashuvini o'z maydonida qabul qilish huquqini qo'lga kiritadi. Qur'a guruh bosqichida o'zaro kurash olib borgan ikki jamoani qayta uchrashtirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, bu yilgi O'zbekiston kubogining finaliga Qarshi shahri mezbonlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia