

O'zaro hamkorlik samarasi o'laroq "Lokomotiv"ning ikki futbolchisi tajriba oshirish maqsadida Angliyaga ketishini yozib o'tgandik.
Bugun mana shu ikki futbolchimiz - darvozabon Rustam Nartajiev bilan himoyachi Sergey Proxorov bugun soat 16:00da Angliyaga yo'l oladi. Ularga "Lokomotiv" futbol klubi Bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov hamda klubda faoliyat yuritib kelayotgan Davron Azizov hamrohlik qilishadi. Safar Toshkent - London - Manchester orqali amalga oshiriladi. Biz vakillarimizga omad tilagan holda, tafsilotlar borasida keyinroq to'liq ma'lumot berib o'tamiz.



