Bugun Yevropada uchta "klassiko" bor

Narzulla Saydullayev
28 okt 2018, 12:40
Bugun Yevropa milliy chempionatlarida navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

E'tiborlisi bugun bir yo'la uchta mamlakatda "Klassiko" bo'ladi. "Klassiko" deb o'z tarixida hech qachon quyi ligaga tushib ketmagan jamoalar o'rtasidagi bahsga aytiladi.

Gollandiyada 33 karra chempion "Ayaks" va 15 karra chempion "Feyenoord" o'zaro kuch sinashishadi. Bu bahs "De Klassiker" deb nomlanadi. Mazkur jamoalar ayni paytda musobaqa jadvalida kuchli uchlikda borishmoqda.

Ispaniyada barchaga ma'lum va mashhur "El-Klassiko" bo'lib o'tadi. Kataloniyada "Barselona" Madridning "Real" klubini qabul qiladi.

Nihoyat Fransiyada "Marsel" va PSJ o'rtasidagi "Le Klassike" bo'lib o'tadi.  Parijliklar dastlabki 10ta turda 10ta g'alabaga erishib ishonch bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib turishibdi.

18:30 - "Ayaks" - "Feyenoord"

20:15 - "Barselona" - "Real Madrid"

01:00 - "Marsel" - PSJ


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia